Ommaviy taklif

Ommaviy taklif

Onlayn kurslar uchun pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish taklifi

Bundan keyingi o'rinlarda "Ijrochi" deyiladigan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasman ro'yxatdan o’tgan, nodavlat ta'lim muassasi sifatida faoliyat yuritish uchun 20.07.2015 yili berilgan NAS UZ 001.MO.0591-05 sonli Litsenziy olgan va 09.09.2022 yil № 021103 soni bilan Litsenziyasi uzaytirilgan, Ustavga asoslanib ishlaydigan Direktor A.S. Klimov nomidan vakillik qiladigan «EXCLUSIVE EDUCATION» MCHJ ushbu bilan bundan keyingi o'rinlarda "Buyurtmachi" deyiladigan barcha qiziqqan, layoqatli jismoniy shaxslarga quyidagi shartlar bilan pulli ta'lim xizmati ko'rsatish haqida Shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Yuklash

1. Термины и определения

Основные понятия использующиеся в данном документе

"Xizmat" – Ijrochi tavsifi va o’qitish muddatini Internet tarmog’ining https://www.beshplus.uz/ manzilidagi Axborot-telekommunikatsiya portalida chop etgan, Buyurtmachini uning o’zi tanlagan onlayn kursda o’qitish xizmati.   O'qiydigan Onlayn kursini Buyurtmachining o'zi Portalning grafik interfeysida bir qator texnik xususiyatli harakatni bajarib tanlaydi.
"Onlayn kurslar" – Ijrochi ishlab chiqqan va Portalda joylashtirgan, Ijrochi elektron o'qitish va masofadan (uzoqdan) ta'lim berish texnologiyalarini qo'llab amalga oshiradigan, bolalar va kattalarga mo'ljallangan ta'lim dasturlari.
"Buyurtmachi" – O'zbekiston Respublikasida yashaydigan yoki uning norezidenti bo'lgan, layoqatli, 18 yoshga to'lgan, o'zi mustaqil o'qish uchun yoki haqini Buyurtmachi to'lab balog'at yoshiga to'lmagan bolani o'qitish uchun Ijrochi bilan pulli ta'lim xizmati ko'rsatish haqida shartnoma tuzgan jismoniy shaxs. Shartnoma nuqtai nazaridan "Buyurtmachi" deganda o'zi o'qiydigan va o'qish haqini o'zi to'lagan "Buyurtmachi ham, balog'atga yetmagan, biroq o'qish haqini Buyurtmachi to'lagan shaxs ham tushuniladi.
"Portal" – Internet tarmog'ida https://www.beshplus.uz/ manzilida joylashgan va Onlayn kurslar haqida e'lon berishga mo'ljallangan axborot resursi (sayt).
"Ro'yxatdan o'tish" – Buyurtmachining Portalda joylashgan ro'yxatqa olish shaklini to'ldirishi va jo'natishi bilan bog'liq harakati.  
"Spetsifikatsiya" – ko'rsatiladigan xizmatning sifat va miqdor ko'rsatgichlari belgilgab qo'yiladigan, shartnomaga qo'shimcha tuziladigan ilova.
 "Avtorizatsiya" – Buyurtmachining login va yashirin so'z bilan Portaldagi o'zining hisob yozuviga kirishi.
"Ish kunlari" – haftasiga besh kun ishlanadigan (shanba va yakshanba kunlarididan tashqarei haftaning hamma kuni), O'zR amal qiladigan qoninchiligiga muvofiq bayram yoki dam olish kuni bo'lmagan kunlar.

2. Общие положения

Статус настоящего документа

2.1.	O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ushbu hujjat Ijrochi Buyurtmachiga yo'llaydigan va ushbu hujjatda bayon etilgan shartlar bilan pulli ta'lim xizmati ko'rsatishga shartnoma (bundan keyingi o'rinlarda "Shartnoma") tuzish haqidagi rasmiy, ochiq hamda qaytib olinmaydigan taklif hisoblanadi.
2.2.	Buyurtmachi Ijrochi Portalidaga "Ochiq taklif shartlarini qabul qilaman" degan yozuv yoniga belgi qo'yishi va shartnomaning 5-bo'limi bilan nazarda tutilgan tartibda tegishli Onlayn kursga oid xizmat haqini to'lashi Buyurtmachi tanlagan Onlayn kursiga nisbatan ushbu taklifni to'liq va biror e'tirozsiz qabul qilganini bildiradi.
2.3.	Taklifni qabul qilishi Buyurtmachi shartnomani diqqat bilan o'qib chiqqanini, uning hamma qoidalariga rozi ekanini hamda shu qoidalarga amal qilish uchun majburiyat olganini bildiradi. Buyurtmachi ushbu taklifni qabul qilishi bilan Buyurtmachi bilan Ijrochi o'rtasida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Ushbu taklifning hamma ilovalari hamda unga qo'shilgan o'zgartirish va qo'shimchalar uning ajralmas qismi deb hisoblanadi.

3. Предмет Договора

Описание предоставляемых услуг

3.1.	Ijrochi ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Xizmat qilish, Buyurtmachi esa shu Xizmat haqini to'lash majburiyatini oladi.
3.2.	Xizmat Buyurtmachi o'zi tanlagan Onlayn kursni o'rganishi uchun Buyurtmachining Portalga kirishiga ruxsat berishdan, uni o'rganish uchun zarur bo'ladigan o'quv va metodik materiallarni ko'rib chiqishidan hamda uning Onlayn kursni o'rganishi natijasini baholash uchun lozim bo'ladigan tadbirlardan (oraliq va yakuniy attestatsiyadan) o'tishidan iborat bo'ladi.
3.3.	O'qitish usuli – masofadan yuzma-yuz o'qitiladi. O'qish rus, o'zbek va ingliz tillarida bo'ladi. 
3.4.	O'qitish texnologiyasi – faqat elektron oq'itish vositalari va faqat masofadan o'qitish texnologiyalari qo'llanadi.

4. Права и обязанности сторон Договора

Описание прав и обязанностей сторон

4.1.	Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarni oladi:
4.1.1.	shartnma tuzishdan odin uni o'qib taklif shartlari bilan tanishadi, bundan tashqari, o'qiydigan balog'atga yetmagan farzandini uning shartlari bilan tanishtiradi. Shu bilan birga Buyurtmachi taklifni qabul qilganidan so'ng shartnoma shartlarini to'liq o'qimanini yoki umuman o'qimaganini yoki Buyurtmachi ba'zi shartnoma shartlarini tushunmaganini sabab qilib ko'rsatib shartnoma shartlariga e'tiroz bildirmaydi.
4.1.2.	Portalda Ro'yxatdan o'tganda o'zi haqida isnonchli, to'liq va to'g'ri ma'lumotni ko'rsatadi; 
4.1.3.	Portalda Ro'yxatdan o'tganda va oraliq hamda yakuniy attestatsiyadan o'tganda o'zi kimligi yoki balog'atga yetmagan bola kimligi haqida Ijrochiga yolg'on ma'lumot bermaydi; 
4.1.4.	Ro'yxatdan o'tganda ko'rsatgan ma'lumotni aktual holda saqlaydi;
4.1.5.	Xizmat boshlanadigan sanaga o'zi qarab turadi, o'quv regasiga muvofiq Onlayn kurs dasturini to'liq o'zlashtiradi, shu jumladan, belgilab qo'yilgan o'quv hajmini va mustaqil ishlarni bajaradi, Ijrochi tayinlagan muddatlarda oraliq va yakuniy attestatsiyalardan o'tadi;
4.1.6.	Onlayn kursni faqat bilim olish, uquv o'rganish va malakasini oshirish uchun (ya'ni, bilim olish uchun) o'zlashtiradi; 
4.1.7.	Ijrochi ushbu shartnoma doirasida Buyurtmachiga bergan materiallarni yozib olmaydi, ularni tijorat yoki notijorat maqsadida tarqatmaydi (Intertnet saytlarda chop etmaydi, uchinchi shaxslarga bermaydi yoki jo'natmaydi), daromad olish maqsadi bilan ularning asosida axborot mahsuloti yaratmaydi, shuningek ushbu ma'lumotdan shaxsiy maqsadda foydalanishdan tashqari biror boshqa maqsadda foydalanmaydi;
4.1.8.	belgilab qo'yilgan o'qitish dasturi jadvaliga, Ijrochining maqsadi va topshriqni bajarishdan ko'zlangan maqsadiga amal qiladi, uyga vazifalarni bajarish muddatlariga amal qiladi, shartnoma doirasida Ijrochining xizmat qilish bilan bog'liq tavsiya va talablarini to'liq bajaradi, sotib olinegan Xizmatga muvofiq kursda o'zi shaxsan qatnashishini ta'minlaydi;
4.1.9.	Kursni o'tganda odob qoidalariga amal qiladi, shuningdek, Ijrochiga va ta'lum dasturini o'tayotgan boshqa o'quvchilarga hurmat bilan muomala qiladi;
4.1.10.	Ro'yxatdan o'tganda olgan logini va yashirin so'zini uchinchi shaxslarga bermaydi;
4.1.11.	Onlayn kurslardagi oraliq va yakuniy attestatsiyalardan o'tadi, shaxsni aniqlash va ushbu tadbirlar o'tkazilish shartlari bajarilishini ta'minlash maqsadida oraliq va yakuniy attestatsiya tadbirlaridan o'tayotganda Ijrochining ko'rsatmalarini bajaradi;
4.1.12.	login, yashirin so'z topib, buzib yoki boshqa bir harakatni bajarib Portaldagi boshqa hisob yozuvlariga kirishga qaratilgan harakatni amalga oshirmaydi;
4.1.13.	Shartnomaning 5-bo'limiga muvofiq Xizmat haqini to'laydi.
4.1.14.	Portalda haqorat qiladigan so'zlarni va shunday  so'zlardan kelib chiqadaigan iboralarni ishlatmaydi hamda quyidagilardan biri deb e'tirof qilinadigan harakatni amalga oshirmaydi:
a)	irqiy, etnik, jinsiy, diniy va ijtimoiy alomatiga qarab nafrat tarqatish va kamsitish;
b)	Ijrochini, boshqa foydalanuvchilarni va (yoki) uchinchi shaxslarni haqoratlash, ularning hurmati ba obro'sini to'kish;
c)	shaxsiy ma'lulumot haqidagi qonunchilikni buzish;
4.1.15.	Tarqatish O'zR qonunchiligi, uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi va Shartnoma bilan cheklangan yoki ta'qiqlangan axborot, kontent va obyektlar bilan bog'liq har qanday operatsiyalarni amalga oshirmaydi yoki amalga oshirilishiga yo'l qo'ymaydi, shu jumladan: i) zararli kompyuter dasturlari; ii) Buyurtmachi foydalanishga tegishli vakolat olmagan ichunchi shaxslar aqliy mulkining natijasi; iii) sir saqlanadigan ma'lumot;
4.1.16.	ish joyini o'zi mustaqil jihozlaydi, shu jumladan, Internet tarmog'iga kamida 5 Mbit/sek. tezlik bilan chiqadigan, quloqchin va mikrofon ulangan, sotib olingan Xizmatni olish uchun yetarli va zarur bo'lgan dasturiy ta'minot o'rnatilgan shaxsiy kompyuteri yoki boshqa ixcham (mobil) vositasi bo'lishi kerak;
4.1.17.	shartnomadagi majburiyati va/yoki bayonoti va kafolati buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday vaziyat haqida zudlik bilan Ijrochiga xabar beradi; 
4.1.18.	Ijrochi o'zining Portalida joylaydigan axborot yangilanishi va o'zgarishiga o'zi qarab turadi;
4.1.19.	Xizmat taqdim etiladigan Portalning dasturiy qismini biror-bir yo'l bilan o'zgartirmaydi, Portal ishashi va xizmatni bajarishi uchun lozim bo'lgan funksiyalarni o'zgartirishga qaratilgan biror-bir harakatni amalga oshirmaydi;
4.1.20.	ruxsat olmasdan turib Portalda uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotini, shu jumladan, uy manzillarini, telefon raqamlarini, pasport ma'lumotini, elektron pochta manzilini joylashtirmaydi;
4.1.21.	bunday ma'lumotni joylashtirish Ijrochi bilan kelishilgan hollarni istisno qilganda Portalda tijorat reklamasini, tijorat takliflarini, targ'ibot maqsadidagi axborotni va boshqa xiralik qiladigan ma'lumotni joylashtirmaydi.

4.2.	Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:
4.2.1.	Ijrochidan Onlayn kurslarda olgan bilimi qanday baholangani haqida hamda baho qo'yish me'zonlari to'g'risida to'liq va to'g'ri ma'lumot oladi;
4.2.2.	Shartnoma bekor qilingan vaqtgacha haqiqatda olgan Xizmat haqini to'lab istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishi mumkin bo'ladi;
4.2.3.	ro'yxatdan o'tgach va avtorizatsiya qilinganidan so'ng bitta fandan 1 ta darsni bepul o'tishiga ruxsat beriladi;
4.2.4.	ta'lim jarayoni haqidagi masalalar yuzasidan Ijrochiga murojat qiladi;

4.3.	Ijrochi quyidagi majburiyatlarni oladi:
4.3.1.	Portalda Onlayn kurslar haqida ayni damdagi ma'lumotni joylashtiradi, shu jumladan Onlayn kurslarning mazmuni, hajmi, narxi va o'qish muddati haqida ma'lumot beradi;
4.3.2.	Buyurtmachi Shartnoma shartlariga amal qilgan taqdirda uni tinglovchi sifatida o'qishga qabul qiladi;
4.3.3.	Shartnoma bo'yicha tegishli va lozim darajda Xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi; Xizmatni o'quv rejasiga hamda Onlayn kurslardagi o'quv jarayonini tatribga soladigan boshqa hujjatlar (shu jumladan, Portaldagi Onlayn kurslar tavsifi bilan) va Ijrochining ichki me'yoriy hujjatlari bilan reglamentlaydi;
4.3.4.	Ijrochining Portalida ochiq tanishish imkoniyati bilan davlat ro'yxatidan o'tgani haqidagi guvohnomani, ta'lim faoliyati bilan shug'ullanishga berilgan litsenziyani, Ijrochi davlat akkreditatsiyasidan o'tgani haqidagi guvohnomani hamda Ijrochi amalga  oshiradigan ta'lim dasturlari haqidagi ma'lumotni, ta'lim faoliyatini reglamentlaydigan va amalga oshirishni tartibga soladigan hujjatlarni joylaydi;
4.3.5.	Onlayn kursda o'qishi uchun Buyurtmachiga kerak bo'ladigan sharoitni yaratadi;
4.3.6.	Onlayn kurs tavsifi bilan belgilab qo'yilgan talablarga muvofiq Buyurtmachini oraliq va yakuniy attestatsiyadan o'tkazadi;
4.3.7.	Buyurtmachi Onlayn kursni to'liq o'zlashtirgan taqdirda, Buyurtmachi so'rasa, elektron ko'rinishda Onlayn kursni o'zlashtirgani haqida hujjat (Sertifikat) beradi;

4.4.	Ijrochi quyidagilarga haqli bo'ladi:
4.4.1.	Onlayn kursdagi ta'lim jarayonini o'zi mustaqil amalga oshiradi, baholash tizimini, oraliq va yakuniy attestatsiya o'tkazish usuli, tartibi va davriyligini (shu jumladan, Buyurtmachi Onlayn kursni o'zlashtirayotgan vaqtda) o'zi tanlaydi va o'zgartiradi;
4.4.2.	Shartnoma shartlarining biroratasini buzgan tadirda va O'zR qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda Buyurtmachini o'qishini tugatishdan oldin, shuningdek, o'qishini tugatmasdan tinlovchilar safidan chiqaradi. Shartnoma ushbu band bilan nazarda tutilgan asoslarga ko'ra bekor qilinsa Buyurtmachi to'lagan xizmat haqi qaytarib berilmaydi.
4.4.3.	o'zi tanlagan Xizmat haqini belgilangan muddatda to'lamasa Buyurtmachiga xizmat qilishni rad etadi;  
4.4.4.	Kuchga kirishidan kamida 5 (besh) kalendar kuni oldin o'zgargan shartlarni Portalda chop etib, Ijrochi bilan oldindan kelishmay ushbu ochiq taklif shartlarini yoki uning qo'shimchalarini o'zgartiradi.
4.4.5.	Jadvaldagi dars boshlanishiga kamida 30 daqiqa qolganda Portalda ma'lumot chop etib darslarni o'ziga qulay boshqa vaqtga ko'chiradi.

5. Порядок регистрации и оказания Услуг

Описание процесса оказания Услуг пользователю

5.1.	Ijrochining xizmatini olish uchun Buyurtmachi Ijrochining Portalida ro'yxatga olinib, avtorizatsiyadan o'tishi kerak.
5.2.	Ijrochi Buyurtmachini ro'yxatga olishga e'tiroz bildirmasa Buyurtmachining hisob yozuvi tuzilib Portalga kirishi uchun unga login va yashirin so'z beriladi. 
5.3.	Hisob yozuvini ishga tushirish uchun Buyurtmachi Ijrochi Buyurtmachining ro'yxatda o'tganda ko'rsatgan elektron pochtasiga jo'natgan xabardan o'tib ro'yxatga olinganini tasdiqlashi kerak.
5.4.	Ijrochi hisob yozuvini ishga tushirish uchun boshqa tartibni ham qo'llashi, shu jumladan quyidagilardan foydalanishi mumkin:
a)	Buyurtmachiga kompyuterni insondan ajratishga mo'ljallangan avtomatik testni ("kapcha"ni) tanish yo'li bilan ro'yxatdan o'tganini tasdiqlashni taklif qiladi;
b)	Buyurtmachi ro'yxatdan o'tganda ko'rsatgan mobil telefon raqamiga sms bilan ro'yxatdan o'tish kodini  jo'natadi.
5.5.	Xizmat haqi 100% oldindan to'lanadi. Xizmat haqini to'lash uchun Buyurtmachi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
a)	Portalning "Repititorlar" bo'limida Buyurtmachi unga dars o'tadigan Repititorni tanlaydi, so'ng o'ziga qulay kun va vaqtni belgilaydi va oxirida "Bronlansin" tugmasini bosadi. 
b)	Shundan so'ng o'qitish paketi tanlanadigan sahifaga o'tadi va u yerda Buyurtmachi o'ziga to'g'ri keladigan paketni tanlaydi.
c)	So'ng Buyurtmachi "To'lash" tugmasini bosib Xizmat haqini to'lashga o'tishi mumkin. Buyurtmachiga pul to'lanadigan sahifa taklif qilinadi va bu sahifada u to'lash usullarining bittasini tanlaydi va shundan so'ng Xizmat haqini to'lashga o'tadi. 
- O'zR rezidentlari kurslarda o'qish haqini Payme, Click, Paynet va shunga o'xshash boshqa vositalardan  to'lashadi.
- O'zR rezidenti bo'lmagan shaxslar esa kurslarda o'qish haqini MasterCard, Visa va shunga o'xshash boshqa vositalardan  to'lashadi.
5.6.	Xizmat haqi Portalning 12-bo'limida ko'rsatilgan Ujrochining bankdagi hisob raqamlariga pul o'tkazib to'lanadi. 
5.7.	Pul Ijrochining hisob raqamiga kelib tushgan vaqtdan boshlab Buyurtmachining Xizmat haqini to'lash bilan bog'liq majburiyati bajarilgan deb hisoblanadi.
5.8.	To'lov tizimlaridagi elektron shaxsiy xonada xizmat haqi to'langani tasdiqlanishi yoki boshqa aloqa vositasi orqali, shu jumladan, ushbu takliv doirasida Internet axborot telekommunikatsiya vositasidan foydalanib haq to'angani tasdaqlanishi qonuniy jihatdan ahamiyatli bo'lgan hujjatga tenglashtiriladi.
5.9.	Buyurtmchi o'zi kelib shartnoma tuzishni istasa yoki naqd pul bilan yoki terminal orqali xizmat haqini to'lashni xohlasa buning uchun ushbu taklifning 12-bo'limida yozilgan kurslar o'tiladigan manzilga kelishi kerak. Shunday bo'lganda Buyurtmachi koronovirus (COVID 19) infeksiyasi tarqalmasligi uchun zarur bo'ladigan barcha sanitariya va epidemiologiya me'yorlariga amal qilishi shart.
5.10.	Buyurtmachi va Ijrochi Portaldagi hisob yozuvida Xizmat haqi to'langanini bilishlari mumkin.
5.11.	Xizmat haqi to'langanidan so'ng Ijrochi Buyurtmachining elektron pochtasiga fanlar nomi va o'qish haqi yozilgan Spetsifikatsiyani jo'natadi.
5.12.	Buyurtmachiga Onlayn kursni o'zlashtirgani haqida Sertifikat topshirilgan sanada shartnomadagi xizmat sifatli va vaqtida ko'rsatilgan hamda Buyurtmachi shu Xizmatni qabul qilgan deb hisoblanadi.
5.13.	Buyurtmachi o'qish boshlanishidan oldin Shartnomani muddatidan oldin bekor qilgan taqdirda undan olingan xizmat haqi qaysi hisob raqamidan to'langan bo'lsa o'sha hisob raqamiga qaytariladi. Ijrochi Xizmat haqini (Xizmat haqining bir qismini) qaytarish haqidagi talabni yozma ko'rinishda, Onlayn kurs tavsifida ko'rsatilgan Onlayn kursda o'qish tomom bo'ladigan sanadan oldin qabul qiladi.

6. Условия и порядок возврата денежных средств

Информация о возвратах ранее уплоченных средств

6.1.	Buyurtmachi quyidagi shartlarga amal qilib o'zi sotib olgan Xizmat uchun to'lagan pulini qaytarib berishlarini so'rab ariza topshirishi mumkin:
a)	o'qitish dasturi tugagan vaqtdan (oxirgi dars o'tilgan kundan) so'ng 14 (o'n to'rt) kalendar kuni o'tmagan bo'lsa, agar shu Xizmat sotiladigan Portalda boshqa muddat ko'rsatilgamagan bo'lsa; 14 kalendar kunidan ko'p vaqt o'tganidan so'ng sababi qanday bo'lishidan qat'iy nazar foydalanilmagan pul qaytarib berilmaydi.
b)	Buyurtmachi tegishli o'quv materialidagi hamma uy vazifasini bajargan bo'lsa.
6.2.	Buyurtmachi unga berilgan materiallardan foydalanmagan va uzrli sababsiz Ijrochi tashkil qilgan kurslarga kelmagan bo'lsa bunday kurs va materiallar haqi ham Ijrochining irodasiga bog'liq bo'lmagan holatlar munosabati bilan yuzaga kelgan Ijrochining xarajatlari ro'yxatiga qo'shib qo'yiladi. 
6.3.	Buyurtmachining shartnoma 6.1-bandi bilan belgilab qo'yilgan muddatdan kechikib to'lagan pulini qaytarib berish haqidagi talabi bajarilmaydi, bunday talab rad etilishining sababi o'quv dasturini tashkil qilish va o'tkazishda ishtirok etgan uchinchi shaxslarga ma'lum miqdordagi haq to'langan bo'ladi, bundan tashqari, olingan puldan soliq ham to'lanadi.
6.4.	Pulni qaytarib berish haqidagi arizalar faqat yozma ko'rinishda, belgilgangan shaklda va faqat  Ijrochining elektron pochtasida qabul qilinadi.
6.5.	Bunday ariza berish uchun Buyurtmachi arizani to'ldiradi, so'ng uni qog'ozga chiqaradi va imzosini qo'yadi, so'ng imzo qo'yilgan arizasini skanerdan o'tkazadi va PDF yoki JPEG formatdagi fayl ko'rinishida uni Ijrochining elektron manziliga jo'natadi. 
6.6.	Pulni qaytarib berish so'ralgan arizada albatta ko'rsatilishi kerak bo'lgan o'rinlar: 
a)	ariza yozilgan tashkilot nomi va arizachi haqidagi ma'lumot; 
b)	Xizmat haqiga to'langan pul miqdori va pul qaytarib olinayotganining sababi; 
c)	pul o'tkaziladigan rekvizitlar – karta raqami, tranzit hisob raqami, boshqa bank rekvizitlari;
d)	ilova, sana, imzo va arizachining ismi, familiyasi. 
6.7.	Pulni qaytarib berish haqidagi arizaga ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi, xizmat haqi to'langani haqidagi to'lov hujjatining PDF yoki JPEG fromatidagi skrinshoti ilova qilinadi. 
6.8.	Ijrochi pulni qaytarish yoki qaytarishni rad etish haqidagi qarorni Buyurtmachining arizasi olingan sanadan boshlab 10 (o'n) ish kuni ichida qabul qiladi. Pulni qaytarish haqida qaror qabul qilingan taqdirda o'tilgan darslar oldin qanday paket sotib olingani va qancha chegirma berilganidan qat'iy nazar pulni qaytarishga ariza olingan kuni 1 ta darsning narxi 100% deb olinib qaytadan hisoblanadi. O'tilgan darslar haqini qayta hisoblaganda qo'llangan qoidaga qarab qaytarishga rozilik berilgan pul miqdori arizada yozilganidan ko'proq yoki kamroq tomonga farq qilishi mumkin.
6.9.	Xizmat haqi pulni qaytarish haqida qaror qabul qilingan kundan so'ng 10 ish kuni ichida faqat Buyurtmachi o'qish haqini to'lagan hisobning o'ziga qaytarib jo'natiladi.
6.10.	Pulni qaytarish haqidagi arizaga ijobiy javob berilgan taqdirda Buyurtmachining o'quv materillaridan foydalanishiga berilgan ruxsat Ijrochi Buyurtmachiga pul qaytarilishi haqida xabar jo'natgan kundan e'tiboran 1 (bir) ish kuni ichida bekor qilinadi. Buyurtmachining pulni qaytarish haqidagi talabi oldin qabul qilingan va shartnomada ko'rsatilgan aksept qaytarilganini bildiradi.

7. Срок действия Договора, порядок его изменения или расторжения

Срок действия договора

7.1.	Shartnoma Buyurtmachi Ijrochining ochiq taklifini qabul qilgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi va tomonlar Shartnomadagi majburiyatlarini to'liq bajarguncha amal qiladi.
7.2.	Shartnoma O'zR qonunchiligi bilan nazarda tutilgan asoslarga muvofiq o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

8. Персональные данные

Персональные данные

8.1.	Ushbu ochiq taklifni qabul qilish bilan Buyurtmachi o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumot avtomatlashgan vositalarni qo'llamasdan ham, bunday vositalarni qo'llab ham ishlanishiga rozilik bergan bo'ladi (bundan keyinig o'rinlarda "Rozilik").
8.2.	Rozilik Buyurtmachining quyidagi shaxsiy ma'lumoti ishlanishiga beriladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, ro'yxatga olingan manzili, doim yashaydigan manzili, tug'ilgan sanasi va joyi, mobil telefon raqami, shaxsiy elektron pochtasining manzili.
8.3.	Shaxsiy ma'lumot boshqalar uchun ochib qo'yilmaydi.
8.4.	Buyurtmachining shaxsiy ma'lumoti Shartnoma shartlarini bajarish, Onlayn kurslarga talab qanday ekanini bilish uchun kerakli materiallarni yig'ish va tahlil qilish, https://www.beshplus.uz/ning ishlashi va bo'limlarini lozim darajada ushlab turish va yaxshilash uchun zarur bo'ladigan ma'lumotni o'rganish va tahlil qilish maqsadida ishlatiladi.
8.5.	Ishlanadigan shaxsiy ma'lumot bilan quyiagilar amalga oshirilishi mumkin: yig'ish; yozib olish; tartibga solish; to'plash; saqlash; aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish); ko'chirma olish; foydalanish; topshirish (tarqatish, taqdim etish, ko'rsatish); shaxssizlantirish; berkitib qo'yish; olib tashlash; yo'q qilish.  
8.6.	Shaxsiy ma'lumot faqat O'zR qonunchiligiga asosan, shaxsiy ma'lumot egasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki shaxsiy ma'lumot egasining roziligi bilan uchinchi shaxslarga topshirilishi mumkin. Ijrochi shaxsiy ma'lumotni ishlashdan ko'zlangan maqsadni bajarish uchun Buyurtmachi o'zining  shaxsiy ma'lumoti uchinchi shaxslarga topshirish ehtimoliga rozilik beradi.
8.7.	Shaxsiy ma'lumot ushbu ochiq taklifning (Shartnomaning) amal qilishi to'xtaguncha ishlanadi. 
8.8.	Shu jumladan axborotni (reklamani) e'lon qilish uchun ham rozilik beriladi.
8.9.	Buyurtmachi o'zi bergan rozilikni Ijrochining yoki uning vakilining ushbu taklifda ko'rsatilgan manziliga yozma ariza jo'natib qaytarib olishi mumkin.
8.10.	Rozilik 8.7-bandda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotni ishlash vaqti tugaguncha amal qiladi.
8.11.	Buyurtmachi o'zlashtirgan Onlayn kursining natijasi Portalda ochiq e'lon qilinishga rozi bo'ladi.

9. Заверения и гарантии

Гарантии сторон

9.1.	Ushbu taklifni imzolaganda/qabul qilganda Buyurtmachi quyidagilarni bayon qiladi va ushbularga kafolat beradi: 
9.1.1.	to'liq layoqatli shaxs hisoblanadi va ushbu taklifni imzolashga/qabul qilishga hamda uning shartlarini bajarishga vakolati bo'ladi. 
9.1.2.	ro'yxatdan o'tganda foydalangan ma'lumoti to'g'ri, ishonchli va aniq, taqdim etgan hujjatlarining hammasi to'liq va aktual bo'ladi; 
9.1.3.	shartnoma Ijrochi va/yoki uchinchi tomon Buyurtmachini va/yoki u bilan bog'liq shaxslarni majbur qilgani, aldagani va/yoki qo'rqitgani uchun tuzilmagan va Ijrochi aldash yo'li bilan ushbu taklif va/yoki Buyurtmachi imzolagan biror boshqa bitimni tuzish hamda uni bajartirish uchun o'zining ta'sirini ishlatmagan.
9.1.4.	Ijrochi Buyurtmachiga taqdim etgan hamma ma'lumot ochiq va tushunarli hisoblanadi. 
9.1.5.	Buyurtmachining irodasini bildiradigan elektron rozilik Buyurtmachining o'zi imzo qo'ygan qog'oz hujjatlar bilan bir xil qonuniy kuchga ega.

10. Защита авторских прав

Авторские права Исполнителя

10.1.	Ijrochi o'z Xizmatini taklif qiladigan Portal yoki u bevosita taklif qiladigan bunday Xizmatlar  Ijrochiga hamda u bilan affilirlangan shaxslar va boshqa bog'liq tomonlarga.vakillarga hamda Ijrochi nomidan harakat qiladigan barcha boshqa shaxslarga tegishli bo'lgan aqliy faoliyat natijasi hisoblanadi.
10.2.	Ijrochining Portalidan foydalanganda Buyurtmachi Portal ichidagi mavjud mahsulot va shu mahsulotning tuzilishi to’laligichi mualliflik huquqi, tovar belgisi huquqi va aqliy faoliyat natijasiga beriladigan boshqa huquq turi bilan himoya qilinganini, ushbu huquqlar hozirda mavjud bo’lgan hamda keyinlachilk ishlab chiqiladigan yoki yaratiladigan barcha ko’rinishda, barcha vositalarda va barcha texnologiyalarga nisbatan haqiqiy ekanini e’tirof qiladi va shunga rozi bo’ladi. Portaldan foydalangani yoki shartnoma tuzgani natijasida Ijrochi Portalidagi birorta ham mahsulot, shu jumladan, lekin faqat shuning o'zi bilan cheklanmay, audiovizual materiallar, matnli va grafik materiallar, EHM dasturlari, tovar belgilari Buyurtmachiga o'tmaydi.
10.3.	Ijrochi saytidan iqtibos berganda Buyurtmachi shu saytga ishora qilishi shart.
10.4.	Buyurtmachi shartnomaning Ijrochi mualliflik huquqiga tegishli qoidalarini buzgan taqdirda Ijrochi o'ziga yetgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foydasi ham qoplanishini talab qilishga haqli bo'ladi.

11. Заключительные положения

Заключительные положения

11.1.	Ushbu Shartnoma doirasida Buyurtmachi bilan Ijrochining birga ishlashi shu jumladan (lekin faqat shuning o'zi bilan cheklanmay) Portalda Tomonlarning texnik xususiyatli axborot almashishi va bir birining elektron pochtasiga xat jo'natish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.  Ijrochi elektron pochtasining manzili Shartnomaning 12-bo'limida ko'rsatilgan, Buyurtmachi elektron pochtasining manzili esa Ro'yxatdan o'tganda ko'rsatiladi. 
11.2.	Shartnoma tuzilgani munosabati bilan Portalda hamda elektron pochtadan xabar va bildiruv jo’natish va qabul qilish masalasida Buyurtmachi va Ijrochi oddiy elektron imzo qoidasini qo’llashadi hamda oddiy elektron imzo sifatida Portaldagi hisob yozuvi va elektron pochta qutisi manzillarini qabul qilishadi, chunki Portalga va elektron pochta qutisiga kirish uchun login va (yoki) kirish kodi (yashirish so’z) ishlatiladi, shuning uchun bunday elektron imzo Buyurtmachi va Ijrochi o’z qo’li bilan qo’ygan imzoga tenglashtiriladi, bunday elektron imzo qo’yilgan xabar va hujjatlar esa qog’ozga yozilgan va qo’l bilan imzo qo’yilgan hujjatlarga tenlashtiriladi. Avtorizatsiyadan (o'zini tanitgandan) so'ng Portalda amalga oshirilgan harakat Buyurtmachining harakati deb e'tirof etiladi.
11.3.	Agar Shartnomaning biror sharti yoki qoidasi haqiqiy emas yoki bajarib bo’lmaydi deb qat’iy belgilangan bo’lsa (a) bu holat Shartnomaning boshqa shartlari va qoidalariga ta’sir qilmaydi va (b) haqiqiy emas deb hisoblanadigan yoki bajarib bo’lmaydigan shartlar yoki qoidalar haqiqiy va bajarib bo’ladigan hamda haqiqiy emas deb topilgan yoki bajarib bo’lmaydigan shartlar va qoidalarning maqsadiga yaqinroq bo’lgan boshqa shart ba qoidalar bilan almashtirilishi kerak.
11.4.	Buyurtmachi ro'yxatga olinayotganda taqdim etadigan ma'lumoti ishonchli, aktual, to'liq va O'zR qonunchiligiga to'g'ri kelishi hamda uchinchi shaxslarning e'tirozidan holi bo'lishiga javob beradi.
11.5.	Buyurtmachining ushbu taklif yuzasidan o'ziga berilgan huquqlar va olgan majburiyatlarini Ijrochining roziligisiz uchinchi shaxslarga topshrisihga haqqi bo'lmaydi.
11.6.	Portalda ro'yxatdan o'tishi Buyurtmachi ro'yxatdan o'tganda ko'rsatgan elektron pochtasiga axborot va xabar olib turishga rozi ekanini bildiradi. 
11.7.	Buyurtmachi logini va yashirish so'zi xavfsiz bo'lishiga hamda Avtorizatsiyadan so'ng amalga oshirgan barcha harakati uchun o'zi javob beradi. Buyurtmachi uning logini va yashirin so'zi bilan Portalga avtorizatsiyasiz kirilgan va/yoki xavfsizlik buzilgani hollari haqida zudlik bilan Ijrochiga xabar beradi. Ijrochi Buyurtmachining Portaldagi hisob yozuviga ruxsatsiz kirish natijasida yetgan zarar uchun javob bermaydi.
11.8.	Logini bilan yashirin so'zini biror uchinchi shaxsga bergan taqdirda bunday uchinchi shaxs Portalda amalga oshirgan harakat uchun Buyurtmachi javob beradi.
11.9.	Buyurtmachi Portalning biror-bir xavfsizlik vositasini buzmasligi, to'xtatib qo'ymasligi yoki  birorta Onlayn kursdan foydalanish yoki undan nusxa olish oldini oladigan yoki cheklaydigan vositalarga zarar yetkazmasligi kerak.
11.10.	Buyurtmachi Shartnoma 4.1.4-bandida ko'rsatilgan majburiyatini buzishi Ijrochining Onlayn kurslarga bo'lgan va qonun himoya qiladigan mulkiy huquqini buzish deb hisoblanadi va uni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo'lishi mumkin.  
11.11.	Shartnomani bajarish davomida tomonlar bir-biriga yozadigan xabarlar faqat Shartnomada va Ro'yxatdan o'tganda ko'rsatilgan manzillardagi elektron pochtaga jo'natiladi.
11.12.	Shartnomadagi majburiyatini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani uchun tomonlar O'zR qonunchiligiga muvofiq javob berishadi. 
11.13.	Buyurtmachi balog'at yoshiga yetgan shaxs, o'qiyotgan balog'atga yetmagan shaxsning harakati uchun  o'zi javob beradi.
11.14.	Shartnoma bilan bog'liq yoki undan kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar kelishuv yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga kelish imkoniyati bo'lmagan nizoli masala Ijrochi joylashgan hududdagi sudda, O'zR qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
11.15.	Shartnomadagi majburiyatini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani uchun tomonlar O'zR qonunchiligiga muvofiq javob berishadi.
11.16.	Shartnomadagi majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik Tomonlar sodir bo'lishini bilmagan yoki oldini ololmagan yengib bo'lmaydigan kuch natijasida yuzaga kelgan bo'lsa Tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi.
11.17.	Shartnomada tartibga solinmagan masalalarni tomonlar O'zRning qonunchiligiga muvofiq hal qilishadi.

12. Юридический адрес, адрес нахождения и банковские реквизиты Исполнителя

Реквизиты

Huquqiy manzili: 100140, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, ToshGRES kichik tumani, 20-uy, 52-xonadon.

Aniq joylashgan manzili: 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko'chasi, 16.
Tel.: +998 78 777-03-60, 

h/r 20208000400444136001 
"Ipak Yo'li" AITB OPERU
MFO 00444.
STIR 303237699
OKED 85.59.0.
E-mail: 5plus.center@gmail.com

«EXCLUSIVE EDUCATION» MCHJ Direktori Klimov Aleksandr Sergeyevich, 
telefon: +998 78 777-03-50. 
e-mail: 5plus.center@gmail.com.